o`zb|рус|eng

29 - umumiy o`rta ta`lim maktab

Toshkent viloyati, Angren shahri

Maktab shiori: O`qituvchi  va  o`quvchilar  jamoasida  Vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  tashabbuskorlik,  ijodkorlik ,  ma`nan  yetuklik  jihatlarni  yanada  rivojlantirish


O`quvchilar ijodiy faoliyati

Ўқув йили бошиданоқ барча ўқувчиларни қизиқиши,
мойилликлари ва иқтидорларини аниқлаш ҳар бир педагог ходим ва мурабийларнинг биринчи вазифасидир.

Мактабда ўқувчиларнинг дарсдан кейинги энг севимли машғулотларидан бири рақс тўгарагидир.

Мактаб бўш ўзлаштирувчи ўқувчилар рўйхатида ўрин олган қуйидаги Дурадгорчилик ва Чилангарлик тўгараги қатнашчилари тамонидан тайёрланган маҳсулотлар мактаб виставкасида доимий олдинги ўринларда бўлади.

 


Мактабда  бўш  ўзлаштирувчи   ўқувчилардаги   спорт  ва  санъатдаги   иқтидорига   алоҳида   эътибор  берилади.   Уларнинг  саҳна  чиқишлари,   гимнастик  машғулотлари ўқувчилар иқтидори намойишидир.

   4 a sinf o`quvchisi Malikov Mansur Madaminbek o`g`li. Mansur rasm chizishga juda qiziqadi. Uning chizgan rasmlari maktabda o`tkazilgan tanlovlarda ko`p marta birinchi o`rinni egallagan. U chizgan rasmlardan keltiramiz...

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

   4 a sinf o`quvchisi Azmiddinxonov Nodirxon Mutazimxon o`g`li. 1999 yil 20 fevralda tug`ilgan. Oilada kenja farzand. 1-sinfdan rasm chizish to`garagiga qatnaydi. Uning ijodidan na`munalar quyida keltirilgan.

4 a sinf o`quvchisi. Qosimxonova Saidaxon Rahmatxon qizi. 1999 yil 1 dekabrda tug`ilgan. U yoshligidanoq she'riyatga qiziqadi. Turli shoirlarning sh`erlarini qunt bilan o`qiydi. Ertak kitoblarni o`qish jonu dili. 

Dadajon

Dadajon xoy dadajon
Ishdan kelsangiz charchab
Oldingizga chopib boraman
Qo`lingizdagi yukingiz olib qolaman
Va siz berasiz menga xo`razqand
Uni yeganda men mazza qilaman
Baxtimizga siz bo`lingiz omon
Dadajonim - dadajon!

Ustozim

Ustozim menga bilim berarlar
Ustozim doim bo`ling sog`-omon
Ustozim sizga mingdan-ming rahmat
Xarfni tanitgan jonajon inson

Do`stim

Salom do`stim, salom do`stim
Yur o`ynashga chiqaylik
Sen bilan quvnoqdir kunim
Bir umr do`st bo`laylik

8 sinf o`quvchisi. Safaxonova Nazokatxon Mirtazaxon qizi 1995 yil tug`ilgan. Ingliz va rus tillarida bemalol gaplasha oladi. U o`z ona tili bo`lmish o`zbek tilida she'rlar yozib turadi. Uning ijodidan qisqacha na`munalar keltiramiz.

O`zim haqimda

Ota-onam arzandasi, 
Nozli qizi erurman
Ismim esa jismimga xos,
Nazokatxon erurman.

            Har jabhadan bir shingildan,
            Qiziqishim bir jahon.
            Lek kelajakda bo`lmoqchiman
            Yaxshigina suhandon.

                            Obliq qishlog`idur
                            Ona maskanim.
                            Ziyolilar yurtidur,
                            Mening chamanim.

                                        Kundan kun yashnayver,
                                        Obod bo`l ko`rkam.
                                        Bag`ringda kamol topsin,
                                        Kelajak avlod.

BU  GO`ZAL  ONALARDIR!

Dunyoda eng ulug` zot,
Bu go`zal onalardir.
Mehnatda eng mardona,
Bu go`zal onalardir.
Uyning nur farishtasi
Bu go`zal onalardir.
Qalbi pok sarishtasi
Bu go`zal onalardir.
Mehribon onaxonlar
Doimo bo`lsin omon
Yuzidan tabassumlar
Arimasin hech qachon.

  8 sinf o`quvchisi. Abduqodirova Sevara Bohodir qizi 1995 yil tug`ilgan. Rus va ingliz tilida so`zlasha oladi. U barcha fanlardan a`lo bahoga o`qiydi. Darsdan tashqari rasm to`garagiga ham qatnashadi. Suratda-Sevara tabiat qo`ynida ijod bilan mashg`ul.

 

 

 







Free Web Hosting